Samarqand · Bulvar
Samarqand markazidagi zamonaviy tibbiyot markazi
Tajribali shifokorlar, soʻnggi avlod uskunalari va gʻamxoʻr xizmat — poliklinika, statsionar va diagnostika bir binoda.
- 4
- qavatli zamonaviy bino
- 20+
- tibbiy yoʻnalish
- 07:00
- dan laboratoriya ishlaydi
- Tuz gʻori — galoterapiya

Turon Med Premium
Boʻstonsaroy koʻchasi, 28-uy, Samarqand
Bizning imkoniyatlar
Uch yoʻnalish — bitta manzil
Yoʻnalishlar
Tibbiy yoʻnalishlar
Kasalliklarni aniqlash va davolash boʻyicha keng qamrovli xizmatlar.
Kardiologiya
Yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolash: EKG, ExoKG, Xolter monitoring.
Terapiya
Ichki kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika boʻyicha birinchi murojaat shifokori.
Nevrologiya
Bosh ogʻrigʻi, umurtqa va asab tizimi kasalliklarini EEG yordamida aniqlash va davolash.
Gastroenterologiya va gepatologiya
Oshqozon-ichak trakti va jigar kasalliklarini kompleks aniqlash hamda davolash.
Ginekologiya
Ayollar salomatligi: profilaktik koʻrik, tashxis va davolash. Qabulni tibbiyot fanlari nomzodi olib boradi.
Sharq tabobati
Janubiy Koreyalik mutaxassis: ignaterapiya, refleksoterapiya, moksoterapiya.
Raqamli rentgen
Barcha aʼzolarni yuqori sifatli raqamli rentgen apparatida tekshirish.
UZI (ultratovush tekshiruvi)
Eng soʻnggi avlod UZI apparatida barcha aʼzolarni tekshirish.
Laboratoriya
Qon va siydik tahlillarining barcha turlari zamonaviy analizatorlarda. 07:00 dan ishlaydi.

Noyob xizmat
Tuz gʻori — shifobaxsh mikroiqlim
Klinikamizdagi galoterapiya xonasi nafas yoʻllari kasalliklari profilaktikasi va umumiy sogʻlomlashtirish uchun moʻljallangan. Bir seans — dengiz boʻyida oʻtkazilgan ikki kunga teng!
BatafsilJamoa
Bizning shifokorlar
Fan nomzodlari va oliy toifali mutaxassislar sizning xizmatingizda.

Alimov Halim Bahodirovich
Gepatolog-infeksionist
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Hakimov Shavkat Normuhamedovich
Bosh shifokor · Terapevt

Saidova Diyora Naimovna
Kardiolog
Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor
Safarova Sabohat Ahmedovna
Akusher-ginekolog

Lee Kugcheon
Sharq tabobati mutaxassisi
Janubiy Koreya · 30 yillik tajriba
Sogʻligingiz haqida bugun qaygʻuring
Qabulga onlayn yoziling yoki qoʻngʻiroq qiling — administratorlarimiz qulay vaqtni tanlashga yordam beradi.


